Hurmatli aksiyadorlar!
“Semurg Insurance” AJ o‘z aksiyadorlariga kuzatuv kengashi yig'ilishining 2024 yil 5 apreldagi qaroriga muvofiq 2024-yil 29-aprel kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 50-uy, “Semurg Insurance" AJ binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2024-yil 23-aprel holatiga ko‘ra tuziladi.

Kun tartibi

1. “SEMURG INSURANCE” AJ samoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;
2. “SEMURG INSURANCE” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida;
3. 2023 yil 20 iyundagi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining 2023 yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tashkilotini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga rozilik berish va uning xizmatlari uchun to‘lovning eng yuqori miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish to‘g‘risida;
4. Kompaniyada majburiy audit o‘tkazish uchun 2023-yil uchun yangi auditorlik tashkilotini tasdiqlash. Auditorlik tashkiloti xizmatlari uchun to'lovning maksimal miqdorini tasdiqlash.

• Kun tartibiga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni olish uchun Toshkent sh., Yashnobod tumani, Sodiq Azimov koʻchasi, 50-uy, shuningdek, telefon orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz. + 998 71 205-11-55.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish 2024-yil 29-aprel soat 11:00 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.