Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki “Semurg Insurane" kompaniyasi sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘ldi.

ISO 9001:2015 sertifikati kompamiyamiz yuridik va jismoniy shaxslarga ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalangan holda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi.

Audit o'tkazish chog'ida barcha asosiy ko'rsatkichlar baholandi va kompaniyada yirik xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan qabul qilingan standartlarga javob beruvchi barcha jarayonlar uchun ishonchli boshqaruv tizimi joriy etilganligi tasdiqlandi.

Semurg Insurance Bosh direktori Kadirov R.K. shunday ta’kidladi: “Asosiy maqsadimiz sertifikatni olish emas, balki, xalqaro miqyosda sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarimizga berilgan joriy bahodir. ISO sertifikati mijozlarimizga har doim kafolatlangan moliyaviy himoya va yuqori sifatli xizmatlar olishga bo'lgan ishonchlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.