"Semurg Insurance" rahbariyati, eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchi kompaniyalar Swiss Re va Europa Re hamda BMT O'zbekiston vakillari o'rtasida rasmiy uchrashuv 6-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish chog'ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsuoloti yetishtiruvchilari duch keladigan barcha xavf-xatarlardan sug‘urtalash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ushbu tizim davlat tomonidan subsidiyalar bilan qo'llab-quvvatlanishi alohida e'tiborga ega. Bu esa tizimni joriy etishdagi birinchi va eng muhim bosqichdir.

Uchrashuv davomida “Semurg Insurance” kuzatuv kengashi raisi Georgiy Lavrishchev bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro miqyosdagi samarali sug‘urta tizimini yaratish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidllab o'tdi. Joriy etilayotgan tizim nafaqat ushbu sanoatni tabiiy ofatlar oqibatlaridan moliyaviy himoya qiladi, balki yangi moliyalashtirish manbalarini ham yaratadi.