"Semurg Insurance" rahbariyati, eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchi kompaniyalar Swiss Re va Europa Re hamda BMT O'zbekiston vakillari o'rtasida rasmiy uchrashuv 6-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish chog'ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsuoloti yetishtiruvchilari duch keladigan barcha xavf-xatarlardan sug‘urtalash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ushbu tizim davlat tomonidan subsidiyalar bilan qo'llab-quvvatlanishi alohida e'tiborga ega. Bu esa tizimni joriy etishdagi birinchi va eng muhim bosqichdir.