2023 yil yakunlari bo'yicha “SEMURG INSURANCE” AJ ga STANDART AND SENSITIVE RATINGS reyting agentligi tomonidan AAA- to'lov qobiliyati va ishonchlilik reytingi taqdim etildi.
- Reyting darajasi: maksimal
- Prognoz: barqaror
Reyting darajasining oshishi kompaniyamizning jadal rivojlanayotganini yaqqol namoyon etadi. Mijozlarning ishonchi va qo'llab-quvvatlashi esa bizga bunday yutuqlarga erishishda katta turtki bermoqda.
Biz rivojlanishda va Sizga eng yaxshi sug’urta yechimlarini taqdim qilishda davom etamiz.