Hurmatli aksiyadorlar!

“SEMURG INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati Sizga o‘z hurmatini izhor etadi va “ SEMURG INSURANCE” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2024-yil 30-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 50-uy manzilida o‘tkazilishi haqida xabar beradi.

 

SEMURG INSURANCE” AJ aksiyadorlari yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi – 2024-yil 7-iyun.

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan “SEMURG INSURANCE’’AJ aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi – 2024-yil 25-iyun.

KUN TARTIBI

1. “SEMURG INSURANCE” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash.

3. Jamiyatning 2023 yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi Bosh direktor hisoboti.

4. Jamiyatning 2023 yildagi faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi Kuzatuv kengashi hisoboti.

5. Jamiyatning 2023 yildagi moliya-xo‘jalik faoliyatini tashqi audit natijalari bo‘yicha auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.

6. Jamiyatning 2023 yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha foyda va zararlarini taqsimlash.

7. 2024 yilga mo‘ljallangan tashqi auditorlik tashkilotining O‘zbekiston buxgalteriya hisobi milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq Jamiyat faoliyatida majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishni ta’minlash va uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini tasdiqlash.

8. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2024 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash.

 

• Kun tartibiga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni olish uchun Toshkent sh., Yashnobod tumani, Sodiq Azimov koʻchasi, 50-uy, shuningdek, quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz:
 + 998 71 205-11-55.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish 2024-yil 30-iyun kuni soat 10:30 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.