Navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2023 yil 8 sentyabrdagi 22-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 92-moddasi hamda “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga asosan, Jamiyat mulkchilik shakli va davlat ro‘yxatidan o‘tgan nomining o‘zgarganligi haqida barcha sug‘urtalanuvchilarni, debitorlarni va kreditorlarni xabardor qilamiz.
Jamiyatning to‘liq firma nomi:
Jamiyatning to‘liq rasmiy nomi:
• O‘zbek tilida (kiril yozuvida): «SEMURG INSURANCE» акциядорлик жамияти;
• O‘zbek tilida (lotin yozuvida): «SEMURG INSURANCE» aksiyadorlik jamiyati;
• Rus tilida: Акционерное общество «SEMURG INSURANCE»;
• Ingliz tilida: Joint stock company «SEMURG INSURANCE».
Jamiyatning qisqartirilgan nomi:
• O‘zbek tilida (kiril yozuvida): «SEMURG INSURANCE» АЖ;
• O‘zbek tilida (lotin yozuvida): «SEMURG INSURANCE» AJ;
• Rus tilida: АО «SEMURG INSURANCE»;
• Ingliz tilida: «SEMURG INSURANCE» JSC.
Shuningdek, «SEMURG SUG‘URTA» qo‘shma korxona aksiyadorlik jamiyatining barcha huquq va majburiyatlari uning huquqiy vorisi — «SEMURG INSURANCE» aksiyadorlik jamiyatiga o‘tganligi munosabati bilan, mazkur Jamiyat bo‘yicha barcha hisob-kitoblar endilikda «SEMURG INSURANCE» AJ tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z takliflaringizni yoki murojaatlaringizni quyidagi manzillar orqali yuborishingiz mumkin:
Kompaniyaning yuridik manzili:
100047, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 50-uy.
Elektron pochta manzili:
info@semurgins.uz
Telefon:
+998 71 205 11 55
Call-markaz:
1251