30.11.2023

Mulkchilik shakli o’zgartirilganini ma’lum qilamiz

DIQQAT!

barcha sug'urtalanuvchilar, debitorlar va kreditorlarga

"Aktsionerlik Jamiyati «SEMURG SUG'URTA» Qo'shma Korxonasi"

 

2023 yil 8 sentyabr №22-sonli favqulodda umumiy yig'ilish qarori asosida, o'z sug'urtalanuvchilarimiz, debitorlarimiz va kreditorlarimizni O'zbekiston Respublikasi "Aktsionerlik jamiyatlari to'g'risida va aktsionerlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi 92-modda va "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi 14-modda asosida mulk egalik shaklining o'zgarishi va korxona davlat nomlanishi to'g'risida xabardor qilamiz.

 

Korxonaning to'liq rasmiy nomi:

 

  • O'zbek tilida (kirill alifbosi): «SEMURG INSURANCE» акциядорлик жамияти;
  • O'zbek tilida (lotin alifbosi): «SEMURG INSURANCE» aksiyadorlik jamiyati;
  • Rus tilida: Акционерное общество «SEMURG INSURANCE»;
  • Ingliz tilida: Joint stock company «SEMURG INSURANCE».

 

Korxonaning qisqartirilgan nomi:

  • O'zbek tilida (kirill alifbosi): «SEMURG INSURANCE» АЖ;
  • O'zbek tilida (lotin alifbosi): «SEMURG INSURANCE» AJ;
  • Rus tilida: АО «SEMURG INSURANCE»;
  • Ingliz tilida: «SEMURG INSURANCE» JSC.

 

Shuningdek, SP AO «SEMURG SUG'URTA»ning barcha huquq va majburiyatlarini AO «SEMURG INSURANCE» huquqiy vorisi sifatida o'tishi munosabati bilan, barcha hisob-kitoblar AO «SEMURG INSURANCE» tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bizga o'z takliflaringizni yuborishingiz yoki yuqoridagi o'zgarishlar haqida so'rov yuborishingiz mumkin bo'lgan pochta manzillari:

 

Korxonaning yuridik manzili:   

100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Sodiq Azimov ko'chasi, 50-uy.

Elektron pochta manzili: info@semurgins.uz

Telefon raqami: +9989 71 205 1155

Call-markaz: 1251

30.11.2023

Semurg Insurance kompaniyasi vakili Oʼzbekiston delegatsiyasi tarkibida Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi

"Semurg Insurance" rahbariyati, eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchi kompaniyalar Swiss Re va Europa Re hamda BMT O'zbekiston vakillari o'rtasida rasmiy uchrashuv 6-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish chog'ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsuoloti yetishtiruvchilari duch keladigan barcha xavf-xatarlardan sug‘urtalash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ushbu tizim davlat tomonidan subsidiyalar bilan qo'llab-quvvatlanishi alohida e'tiborga ega. Bu esa tizimni joriy etishdagi birinchi va eng muhim bosqichdir.

Uchrashuv davomida “Semurg Insurance” kuzatuv kengashi raisi Georgiy Lavrishchev bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro miqyosdagi samarali sug‘urta tizimini yaratish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidllab o'tdi. Joriy etilayotgan tizim nafaqat ushbu sanoatni tabiiy ofatlar oqibatlaridan moliyaviy himoya qiladi, balki yangi moliyalashtirish manbalarini ham yaratadi.

01.12.2023

"Semurg Insurance" rahbariyati, eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchi kompaniyalar Swiss Re va Europa Re hamda BMT O'zbekiston vakillari o'rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi

 "Semurg Insurance" rahbariyati, eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalovchi kompaniyalar Swiss Re va Europa Re hamda BMT O'zbekiston vakillari o'rtasida rasmiy uchrashuv 6-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish chog'ida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsuoloti yetishtiruvchilari duch keladigan barcha xavf-xatarlardan sug‘urtalash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ushbu tizim davlat tomonidan subsidiyalar bilan qo'llab-quvvatlanishi alohida e'tiborga ega. Bu esa tizimni joriy etishdagi birinchi va eng muhim bosqichdir.


01.12.2023

Semurg Insurance rahbariyati OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BO'YICHA XALQARO anjumanda ishtrok etdi

 “Semurg Insurance” kompaniyasi rahbariyati 7-8 sentabr kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan "Oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro anjumani"da faol ishtirok etdi.
Anjuman Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etildi va unda 70 dan ortiq davlatdan delegatsiya vakillari, yuqori martabali diplomatlar, xalqaro ilmiy va moliyaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Anjuman yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiya oilaviy hamda kichik  fermer xo‘jaliklarini davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, O‘zbekistonda klaster va dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi tavakkalchiligini sug‘urtalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadlarini tasdiqlaydi.

Uchrashuv davomida “Semurg Insurance” kuzatuv kengashi raisi Georgiy Lavrishchev Samarqand deklaratsiyasining imzolanishi haqida shunday ta'kidladi: “Biz O‘zbekiston agrosanoat tarmog‘ini yangi bosqichga ko‘tarishga sababchi bo'ladigan tadbirda ishtirok etmoqdamiz. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi sug‘urta tizimini joriy etish va qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish muhim tashabbuslar qatoridadir. Mazkur tizimni rivojlantirishda “Semurg Insurance" kompaniyasining xalqaro va mahalliy ekspertlari faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy yuksalishiga salmoqli hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz”.

01.12.2023

Semurg Insurance kompaniyasi ISO 9001:2015 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki “Semurg Insurane" kompaniyasi sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘ldi.

ISO 9001:2015 sertifikati kompamiyamiz yuridik va jismoniy shaxslarga ilg‘or xalqaro tajribalardan foydalangan holda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatayotganini tasdiqlaydi.

Audit o'tkazish chog'ida barcha asosiy ko'rsatkichlar baholandi va kompaniyada yirik xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan qabul qilingan standartlarga javob beruvchi barcha jarayonlar uchun ishonchli boshqaruv tizimi joriy etilganligi tasdiqlandi.

Semurg Insurance Bosh direktori Kadirov R.K. shunday ta’kidladi: “Asosiy maqsadimiz sertifikatni olish emas, balki, xalqaro miqyosda sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarimizga berilgan joriy bahodir. ISO sertifikati mijozlarimizga har doim kafolatlangan moliyaviy himoya va yuqori sifatli xizmatlar olishga bo'lgan ishonchlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

07.12.2023

To'lov qobiliyati va ishonchlilik reytingi ko'tarilgani haqida ma'lum qilamiz

Semurg Insurance to‘lov qobiliyati va ishonchlilik reytingi yangilangani, birdaniga 3 darajaga ko'tarilganini ma'lum qilamiz. S&S Ratings reyting agentligi tomonidan kompaniyamiz audit qilinib uning holati hamda moliyaviy darajasi o'rganib chiqildi va AA+ darajasi taqdim etildi.

Reytingning ushbu darajaga ko‘tarilishi Semurg Insurance kompaniyasi o‘z mijozlariga eng ishonchli moliyaviy himoyani taqdim etishini, hamda ularga sug'urta hodisasi yuz berganda to’lov olish kafolatlanishini yana bir bor isbotlaydi.

18.12.2023

"Semurg Insurance" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazish haqida ma'lum qilamiz

Hurmatli aksiyadorlar!
“Semurg Insurance” AJ o‘z aksiyadorlariga kuzatuv kengashi yig'ilishining 2024 yil 5 apreldagi qaroriga muvofiq 2024-yil 29-aprel kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 50-uy, “Semurg Insurance" AJ binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2024-yil 23-aprel holatiga ko‘ra tuziladi.

Kun tartibi

1. “SEMURG INSURANCE” AJ samoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;
2. “SEMURG INSURANCE” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida;
3. 2023 yil 20 iyundagi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining 2023 yil yakunlari bo‘yicha auditorlik tashkilotini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga rozilik berish va uning xizmatlari uchun to‘lovning eng yuqori miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish to‘g‘risida;
4. Kompaniyada majburiy audit o‘tkazish uchun 2023-yil uchun yangi auditorlik tashkilotini tasdiqlash. Auditorlik tashkiloti xizmatlari uchun to'lovning maksimal miqdorini tasdiqlash.

• Kun tartibiga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni olish uchun Toshkent sh., Yashnobod tumani, Sodiq Azimov koʻchasi, 50-uy, shuningdek, telefon orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz. + 998 71 205-11-55.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish 2024-yil 29-aprel soat 11:00 da boshlanadi.

• Yig‘ilishda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda aksiyadorda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat, aksiyador vakilida ham tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi kerak.